Xakerlik hujumi haqidagi xabardan keyin bitkoinning narxi tushib ketdi

Xakerlik hujumi haqidagi xabardan keyin bitkoinning narxi tushib ketdi
Bitkoinning kursi 7 mart kuni kechqurun Binance kriptovalyuta birjasiga hujum ehtimoli haqidagi xabardan keyin 10 ming dollardan tushib ketdi. Bu haqda Daryo nashri xabar berdi.

Kriptovalyutaning narxi dastlab 9,4 ming dollarga tushgan, 8 martda esa 10 ming dollargacha ko‘tarilgan va yana tusha boshlagan.

Binance’ga hujum qilingani haqida birjaning bir nechta foydalanuvchisi shubha qila boshlagan, chunki ular birjadan pulini chiqara olmagan.

Birja tomonidan ma’lum qilinishicha, foydalanuvchilarning bir qismi hujumga urinish qurboni bo‘lgan, biroq Binance’ning o‘zi buzilmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, barcha mijozlarning puli o‘z joyida va ular o‘g‘irlanmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.