Farg‘ona vodiysida elektromobil ishlab chiqaruvchi zavod tashkil etiladi

Farg‘ona vodiysida elektromobil ishlab chiqaruvchi zavod tashkil etiladi
Xitoyning Changan Automobile Group kompaniyasi O‘zbekistonda zavod ochmoqchi, deb yozdi \"Carzone\" nashri.

Kompaniya vakillari Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan uchrashuv o‘tkazib hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi va Farg‘ona vodiysida elektromobil yig‘ish zavodini tashkil etish bo‘yicha rejalar o‘rtaga tashlandi.

Innovatsion rivojlanish vaziri Otabek Nazirov ushbu loyihani ishga tushirish uchun maksimal yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi. Yaqin-orada hamkorlik memorandumi imzolanadi.

Dastavval loyihaga 15-20 mln dollar sarmoya kiritiladi va 100-150tacha ish o‘rni vujudga keltiriladi. Undan so‘ng mutaxassislar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bilan shug‘ullanadi.

Changan Automobile Group Co Ltd Xitoyning yirik kompaniyalaridan biri bo‘lib, mamlakat avtomobilsozlik kompaniyalarining to‘rttadan bittasidir.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.