Beeline bayram kunlarida ba’zi xizmatlardan vaqtinchalik foydalanib bo‘lmasligini ma’lum qildi


Beeline mobil aloqa operatori aloqa sifatini yaxshilash maqsadida bayram kunlarida ba’zi xizmatlardan vaqtinchalik foydalanib bo‘lmasligini ma’lum qildi, deb yozadi Daryo.uz.
Demak, 2014 yil 31 dekabr soat 18:00 dan keyingi kun soat 03:00 gacha «Bog‘lanish mumkin» va «Xabardor bo‘l» xizmatlari, 2014 yil 31 dekabr soat 22:00 dan keyingi kun soat 01:00 gacha *100#, *102#, *103#, *105#, *106#,*107#, *108#, *117# so‘rovlari bo‘yicha hisobni tekshirish xizmatlaridan foydalanib bo‘lmaydi.
2014 yil 31 dekabrdan 2015 yil 1 yanvarga o‘tar kechasi abonent to‘lovi echib olinishi hamda tarif rejalari va qo‘shimcha xizmatlar bo‘yicha bonuslar ajratilishi tonggi soat 08:00 gacha kechikishi mumkin. Ushbu davrda «Status», «Beeline Erkinlik» va «Biznes Balans» tarif rejalaridagi bonuslarning qoldig‘ini ishlatish mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













