O‘zbekistonda yangi to‘lov tizimi uchun nom tanlovida «Humo», «Adras» va «Anor» yetakchilik qildi

O‘zbekistonda yangi to‘lov tizimi uchun nom tanlovida «Humo», «Adras» va «Anor» yetakchilik qildi
Foto: «Podrobno.uz»
Markaziy bank yangi milliy to‘lov tizimi nomi uchun tanlovning birinchi bosqichi yakunlanganini ma’lum qildi. Bu haqda «Podrobno.uz» xabar bermoqda.

Yangi to‘lov tizimini nomlash uchun jami 2439 ta taklif kelib tushgan. Ular orasida eng ko‘p taklif etilgan va tanlov talabiga to‘g‘ri kelganlari «Humo», «Adras» va «Anor» bo‘ldi.

Markaziy bank tanlovning ikkinchi bosqichida ishtirok etish va joriy yil 22 oktyabriga qadar ushbu havola orqali yuqoridagi uch nomdan biriga ovoz berishga chaqirdi. Eng ko‘p ovoz to‘plagan nom yangi to‘lov tizimi brendiga aylanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.