Dubayda futuristik yo‘lovchi kapsulalari harakatlana boshlaydi (video)

Dubayda futuristik yo‘lovchi kapsulalari harakatlana boshlaydi (video)
Dubayda jamoat transportining yangi yuqori texnologik osma turi paydo bo‘ladi.

Dubay yo‘llar va transport boshqarmasi (RTA) bu borada haydovchisiz yo‘lovchi transport tizimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan skyTran kompaniyasi bilan hamfikrlik memorandumi imzoladi.
Dubayda futuristik yo‘lovchi kapsulalari harakatlana boshlaydi (video)
Foto: RTA
“Bu jamoat transporti tizimlari integratsiyasini yaxshilaydi, bu esa o‘z navbatida iqtisodiy o‘sishni jadallashtiradi, ko‘proq investitsiya jalb qiladi va Dubayda turmush tarzi darajasini yanada oshiradi”, deb aytgan RTA temir yo‘llar agentligi bosh direktori Abdulmuhsin Ibrohim Yunus.

skyTran tizimi avtomobil yo‘llari ustida o‘rtacha 160 km/soat tezlik bilan harakatlanuvchi yo‘lovchi kapsulalaridan iborat bo‘lib, u tezyurarligidan tashqari, zararli chiqindilar, shovqin va tirbandliklar bo‘lmasligini ta’minlaydi. Texnologiya kapsulalarga yuqoridan o‘tkazilgan relslar bo‘ylab harakatlanishga imkon beruvchi magnit ilgaklarni qo‘llashga asoslangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.