Taniqli xaker iOS 9.3 beta himoyasini buzib kirdi

Taniqli xaker iOS 9.3 beta himoyasini buzib kirdi
Taniqli xaker iOS 9.3 beta himoyasini buzib kirdi

Taniqli italiyalik xaker Luka Todesko yaqindagina taqdim etilgan iOS 9.3 beta`ni jeylbrek qilish uchun bir necha soat sarfladi xolos. U xavfsizlik to‘sig‘i buzilgan smartfonni videotasvirga olib, internetga joylashtirdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Luka Todesko Apple kompaniyasi bilan yaqindan hamkorlik qilib keladi. U kompaniyaga o‘zi aniqlagan kamchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etib boradi. Apple ham bir necha marta xakerga iOS`dagi xatoliklar to‘g‘risida ma’lum qilgani uchun rasman minnatdorchilik bildirgan.

iOS 9.2.1 jeylbreki ustida esa xakerlarning ikki jamoasi — TaiG va Pangu ish olib bormoqda. Ularning iOS 9.3 beta-namunasini buzishga harakat qilishlari ham istisno etilmayapti.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.