Har qanday samolyotni boshqara oladigan robot yaratildi

Foto: DZYNE Technologies
Amerikaning DZYNE Technologies kompaniyasi har qanday samolyotni boshqara oladigan robotni ishlab chiqdi.
ROBOpilot deb nomlanuvchi bu robot samolyotni boshqarishi uchun u uchuvchi o‘rindig‘iga joylashtiriladi hamda qo‘l-oyoqlari boshqaruv ruli va pedallarga qo‘yiladi. Robot boshqaruv panelini kompyuterlashgan nigohi orqali ko‘radi, belgilangan yo‘nalishni saqlaydi va hech kimning yordamisiz samolyotni qo‘ndiradi.
9 avgust kuni ROBOpilot AQSh fuqaro aviatsiyasi federal boshqarmasi sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi. Oradan bir necha hafta o‘tgach, u yana bir sinov topshirdi va xatoga yo‘l qo‘ydi, ammo xatoning qanchalik jiddiy ekanligi ma’lum qilinmagan.
Robot narxi qancha turishi noma’lum, lekin u avtonom samolyot ishlab chiqarishdan ko‘ra ancha arzonga tushishi aniq.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Amerikaning DZYNE Technologies kompaniyasi har qanday samolyotni boshqara oladigan robotni ishlab chiqdi.
ROBOpilot deb nomlanuvchi bu robot samolyotni boshqarishi uchun u uchuvchi o‘rindig‘iga joylashtiriladi hamda qo‘l-oyoqlari boshqaruv ruli va pedallarga qo‘yiladi. Robot boshqaruv panelini kompyuterlashgan nigohi orqali ko‘radi, belgilangan yo‘nalishni saqlaydi va hech kimning yordamisiz samolyotni qo‘ndiradi.
9 avgust kuni ROBOpilot AQSh fuqaro aviatsiyasi federal boshqarmasi sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi. Oradan bir necha hafta o‘tgach, u yana bir sinov topshirdi va xatoga yo‘l qo‘ydi, ammo xatoning qanchalik jiddiy ekanligi ma’lum qilinmagan.
Robot narxi qancha turishi noma’lum, lekin u avtonom samolyot ishlab chiqarishdan ko‘ra ancha arzonga tushishi aniq.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













