«Kosmos-2020»: kimlar qayerlarga uchmoqchi?

Foto: «Ridus»
«Space.com» portali 2020 yil uchun rejalashtirilgan kosmik missiyalar ro‘yxatini e’lon qildi.
2020 yilda Yevropa kosmik agentligi (YEKA) «Solar Orbiter» apparatini Quyosh tomon uchirmoqchi. Yo‘ldosh Quyosh orbitasiga 0,284 astronomik birlik masofasida, ya’ni Merkuriy sayyorasidan ham yaqinroq boradi.
Yana bir nechta avtomat stansiya Marsga uchiriladi, xususan, bular orasida Roskosmos va YEKAning «EkzoMars-2020», NASAning «Mars-2020», shuningdek, Xitoy, Yaponiya va BAAning loyihalari bor. Bularning barchasi iyul va avgust oylariga mo‘ljallangan.
2020 yilda Hindiston yengil sinfdagi SSLV raketa-tashuvchilarini birinchi marta sinovdan o‘tkazadi, Xitoy esa Oyga borib-qaytuvchi «Chan’e-5» missiyasini mo‘ljallamoqda.
AQSH Xalqaro kosmik stansiyaga astronavtlarini o‘z raketalarida olib borishni rejalashtirgan: «Boeing» hamda «SpaceX» kompaniyalari («Starliner» hamda «Crew Dragon» kemalari) ana shu missiyaga bel bog‘lagan.
Qolaversa, 2020 yilda «Virgin Galactic» hamda «Blue Origin» kompaniyalari sayyohlar uchun kosmik marshrutlarni ham nihoyat ishga tushirishga ahd qilishgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«Space.com» portali 2020 yil uchun rejalashtirilgan kosmik missiyalar ro‘yxatini e’lon qildi.
2020 yilda Yevropa kosmik agentligi (YEKA) «Solar Orbiter» apparatini Quyosh tomon uchirmoqchi. Yo‘ldosh Quyosh orbitasiga 0,284 astronomik birlik masofasida, ya’ni Merkuriy sayyorasidan ham yaqinroq boradi.
Yana bir nechta avtomat stansiya Marsga uchiriladi, xususan, bular orasida Roskosmos va YEKAning «EkzoMars-2020», NASAning «Mars-2020», shuningdek, Xitoy, Yaponiya va BAAning loyihalari bor. Bularning barchasi iyul va avgust oylariga mo‘ljallangan.
2020 yilda Hindiston yengil sinfdagi SSLV raketa-tashuvchilarini birinchi marta sinovdan o‘tkazadi, Xitoy esa Oyga borib-qaytuvchi «Chan’e-5» missiyasini mo‘ljallamoqda.
AQSH Xalqaro kosmik stansiyaga astronavtlarini o‘z raketalarida olib borishni rejalashtirgan: «Boeing» hamda «SpaceX» kompaniyalari («Starliner» hamda «Crew Dragon» kemalari) ana shu missiyaga bel bog‘lagan.
Qolaversa, 2020 yilda «Virgin Galactic» hamda «Blue Origin» kompaniyalari sayyohlar uchun kosmik marshrutlarni ham nihoyat ishga tushirishga ahd qilishgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













