Beeline Saudiya Arabiston roumingidagi barcha SMS va qo‘ng‘iroqlar uchun Umra vaqtida chegirma bermoqda

Beeline Umra vaqtida Saudiya Arabistonda bo‘lgan kompaniya abonentlari uchun maxsus rouming-tariflarni joriy qilmoqda. Mahalliy rouming-hamkorlar bilan kelishuv yordamida Beeline mijozlari o‘z raqamlarida arzonlashtirilgan narxlar bo‘yicha aloqada qolishlari mumkin.

Chegirmalar Zain SA (Mobile Telecommunication Company Saudi Arabia) operatori tarmog‘ida 12 fevraldan 4 maygacha quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amal qiladi:

• kirish qo‘ng‘iroqlari

• Saudiya Arabiston bo‘ylab mahalliy chiqish qo‘ng‘iroqlari

• O‘zbekistonga chiqish qo‘ng‘iroqlari

• SMS

• Internet

Yuqorida keltirilgan barcha yo‘nalishlar uchun qo‘ng‘iroqlar narxi daqiqasiga $1,30 tashkil qiladi. Bir SMS narxi $0,15 tashkil qiladi, Internet uchun esa $0,50 tashkil etdi.

Zain operatori abonentlarimizning telefon ekranlarida “Zain SA”, “42004” yoki “KSA04” sifatida ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.