Eng ommaviy operatsion tizimlar ma’lum qilindi

Foto: mediapure.ru
NetMarketShare tahliliy kompaniyasi dunyodagi eng ommaviy operatsion tizimlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatga ko‘ra, eng ommaviy operatsion tizim Windows 10 bo‘ldi. Ushbu tizim dunyodagi 57,83 foiz kompyuterlarga o‘rnatilgan.
2-o‘rinni Windows 7 egallagan, uning ulushi 24,28 foizni tashkil qiladi. 3-o‘rinni ham Windows operatsion tizimi versiyalaridan biri – 8.1 egallab, u 3,06 foiz kompyuterlarda o‘rnatilgan.
Apple kompaniyasining Mac OS operatsion tizimidan eng ommaviysi MacOS Mojave bo‘lib, 2 yil avval chiqarilgan dasturning ulushi 2,46 foizni tashkil qilgan.
Tahlilchilar Windows 7’ning ommaviyligini oddiygina ko‘nikish bilan tushuntirishmoqda – ko‘plab foydalanuvchilar Windows 10’ga Microsoft kompaniyasi o‘z tizimini haddan ko‘p yangilashi sababli o‘tishni istashmaydi.
2009 yilda chiqarilgan Windows 7 operatsion tizimi 14 yanvarda rasman eskirgan deb tan olingan. Bu tizim endilikda muntazam yangilanishlar olmaydi va u bo‘yicha texnik ko‘mak ko‘rsatilmaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!NetMarketShare tahliliy kompaniyasi dunyodagi eng ommaviy operatsion tizimlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatga ko‘ra, eng ommaviy operatsion tizim Windows 10 bo‘ldi. Ushbu tizim dunyodagi 57,83 foiz kompyuterlarga o‘rnatilgan.
2-o‘rinni Windows 7 egallagan, uning ulushi 24,28 foizni tashkil qiladi. 3-o‘rinni ham Windows operatsion tizimi versiyalaridan biri – 8.1 egallab, u 3,06 foiz kompyuterlarda o‘rnatilgan.
Apple kompaniyasining Mac OS operatsion tizimidan eng ommaviysi MacOS Mojave bo‘lib, 2 yil avval chiqarilgan dasturning ulushi 2,46 foizni tashkil qilgan.
Tahlilchilar Windows 7’ning ommaviyligini oddiygina ko‘nikish bilan tushuntirishmoqda – ko‘plab foydalanuvchilar Windows 10’ga Microsoft kompaniyasi o‘z tizimini haddan ko‘p yangilashi sababli o‘tishni istashmaydi.
2009 yilda chiqarilgan Windows 7 operatsion tizimi 14 yanvarda rasman eskirgan deb tan olingan. Bu tizim endilikda muntazam yangilanishlar olmaydi va u bo‘yicha texnik ko‘mak ko‘rsatilmaydi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













