Markaziy bank valyuta ayirboshlash bankomatini izlash bo‘yicha telegram botni ishga tushirdi

Markaziy bank valyuta ayirboshlash bankomatini izlash bo‘yicha telegram botni ishga tushirdi
Markaziy bank tomonidan avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlarining joylashuv manzili bo‘yicha @uz_avtovash_bot telegram boti ishga tushirildi.

Regulyator xabariga ko‘ra, bu jismoniy shaxslarga valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishda yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu bot orqali 24/7 rejimda ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlarini banklar va hududlar kesimida izlash (shahar va tuman bo‘yicha) imkoniyati mavjud.

Bankomatlar joylashgan manzillar to‘g‘risidagi ma’lumotlar doimiy yangilanib turiladi, deyiladi ma’lumotda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.