“Diabet — hayot tarzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

“Diabet — hayot tarzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
?Bugun Milliy tibbiyot markazida Butunjahon diabetga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Diabet — hayot tarzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

▶️Tadbirda tibbiyot mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilar va boshqa soha vakillari ishtirok etib, diabet kasalligini oldini olish, uning oqibatlarini yengillashtirish va hayot sifatini yaxshilash bo‘yicha yangi usullar va innovatsion yondashuvlar muhokama qilindi.
“Diabet — hayot tarzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
??‍?Konferensiyada asosan sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ovqatlanish ratsionini to‘g‘ri tashkil qilish hamda muntazam jismoniy faollikning diabetni nazorat qilishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
“Diabet — hayot tarzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
✔️Shu bilan birga, zamonaviy tibbiy texnologiyalar va dorivor vositalar orqali bemorlarga ko‘rsatilayotgan yordamning samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.
“Diabet — hayot tarzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
?Tadbir oxirida qatnashchilar o‘zaro fikr almashib, diabetga qarshi kurashda davlat, tibbiyot va jamiyatning o‘zaro hamkorligi muhim ekanligini qayd etdilar.

✍️Milliy tibbiyot markazi
Matbuot xizmati.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.