D vitaminining kutilmagan foydasi ma’lum qilindi

D vitaminining kutilmagan foydasi ma’lum qilindi
Foto: Getty Images
Olimlar ultrabinafsha nurlanishning teriga ta’sirida yoki D vitamini qabul qilinganda inson ichagidagi bakteriyalar tarkibi o‘zgarishini aniqlashdi. Mutaxassislarning fikricha, D vitamini organizmning himoyalovchi xususiyatlarini ancha yaxshilaydi. Bu haqda Frontiers in Microbiology nashrida ma’lum qilingan.

Mutaxassislarning eslatishicha, quyosh nurining ta’siri organizmda immunitetni oshiruvchi D vitamini ishlab chiqilishiga ko‘mak beradi. Shuningdek, bu vitamin qo‘shimchalar sifatida qabul qilinadi. Bu safar olimlar D vitamini ishlab chiqilishi va inson ichagi mikrobiomi tarkibi o‘rtasida bog‘lanish bor-yo‘qligini tekshirishga qaror qilishgan.

20 dan ko‘proq kishi ishtirok etgan tajriba qishda o‘tkazilgan. Ishtirokchilarning butun tanasi bir daqiqadan 3 marta ultrabinafsha nurlanishga uchratilgan. Natijada tajriba oxirida ishtirokchilarning organizmidagi bakteriyalar turfa xilligi ancha oshgan. Shu bilan birga bir qism ishtirokchilar D vitamini qabul qilgan. Ularda tajriba oxirida bakteriyalar tarkibi sezilarli o‘zgarmagan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, D vitamini yo‘g‘on ichak saratonidan himoyalovchi Lachnospiraceae oilasiga mansub bakteriyalar ko‘payishiga eng ko‘p ta’sir qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.