«O‘zgidromet» kuchli jaziramadan ogohlantirdi

«O‘zgidromet» kuchli jaziramadan ogohlantirdi
25-26 iyun kunlari respublikaga jazirama issiq havo to‘lqini kirib keladi. Buni «O‘zgidromet»ning o‘rta muddatli ob-havo prognozlari tasdiqlamoqda.

Avvaliga 24-25 iyun kunlari Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo harorati maksimumlari +42 daraja, keyinroq 26 iyun kuni esa respublikaning boshqa viloyatlarida issiq jazirama havo to‘qini (tog‘lardan tashqari) kamida +39 daraja issiqlikni taqdim etadi.

Bu issiq havo to‘lqini past bosimli havo sektori bir qismi bo‘lib, u Turkmanistondan kirib keladi.

Turkmanistonning 3 viloyatida 25 iyun kuni maksimal havo harorati +45 darajagacha qiziydi.

«O‘zgidromet» ikki kun avval e’lon qilgan haftalik ma’lumotida kunlar o‘tishi bilan havo isib borishini ma’lum qilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.