Agrar universiteti olimlari og‘irligi 1 kilogrammli limon navini yaratishdi


Toshkent davlat agrar universiteti olimlari to‘qqizinchi hududiy innovasion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida mevasining og‘irligi 1-2 kilogrammgacha etadigan yangi limon navini namoyish etishdi. Bu haqda \"Kun.uz\" xabar berdi.
Yangi texnologiyalar asosida etishtirilgan ushbu meva navi ekilganidan to‘rt yil o‘tib hosil bera boshlaydi. Oddiy limon navi esa besh yilda hosil beradi. Yangi nav yuqori hosildorligi bilan ham ajralib turadi – bir gektar erdan 70-75 tonna limon etishtirish mumkin.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













