O‘zbekistonda havo harorati -5 darajagacha tushib ketishi aytildi

O‘zbekistonda havo harorati -5 darajagacha tushib ketishi aytildi
26-29 noyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qilindi. Unda aytilishicha, joylarga nam havo oqimi yog‘ingarchilik keltiradi.

28 noyabr shimoliy hududlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy hamda Buxoro viloyatlarida, 29 noyabr kuni respublikaning qolgan viloyatlarida yog‘ingarchilik kutiladi.

Yog‘inlar tog‘lardan tashqari deyarli barcha hududlarda yomg‘ir ko‘rinishida yog‘ish ehtimoli yuqori.

29 noyabr kuni esa shimoliy hududlar, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga sovuq antitsiklon chek qismi ancha yaqinlashadi.

29 noyabr tungi muddatlarda shimolda harorat -5 daraja sovuqgacha pasayishi prognoz qilinmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.