Prezident yangi yilda qaysi sohalarga e’tibor qaratilishini ma’lum qildi

Prezident yangi yilda qaysi sohalarga e’tibor qaratilishini ma’lum qildi
Yangi yilda insonni qadrlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar yuqori bosqichga ko‘tariladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan yangi yil tabrigida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 2022 yilda mashaqqatli va jasoratli mehnat bilan taraqqiyot yo‘lida muhim marralarga erishildi. Inson qadrini ulug‘lash, xalqni rozi qilish borasida yangi qadamlar qo‘yildi.

Mamlakatda 2023 yilga “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”, deb nom berildi.

Farzandlarimiz sifatli ta’lim va tarbiya olib, barkamol shaxs bo‘lishlari uchun boshlagan ishlarimizni izchil davom ettiramiz. Muhtaram faxriylarimiz, aziz ayollarimiz, shuningdek, yordamga muhtoj insonlar uchun munosib sharoit yaratish e’tiborimiz markazida bo‘ladi”, deydi prezident.

Shuningdek, ilm-fan, tibbiyot, madaniyat va san’at sohalari vakillarini, o‘qituvchi va murabbiylarni qo‘llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat qaratiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.