Prezident qarori bilan xalqaro shartnoma tasdiqlandi

Prezident qarori bilan xalqaro shartnoma tasdiqlandi
«Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–16-son, 23.01.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston hamda Saudiya Arabistoni Podshohligi Hukumati o‘rtasida bojxona ishlarida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Mazkur bitim 2022 yil 17 avgust kuni Jidda shahrida imzolangan.

Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.