Toshkentda issiq harorat bo‘yicha 1881 yilgi rekord takrorlandi

Toshkentda issiq harorat bo‘yicha 1881 yilgi rekord takrorlandi
Toshkentda issiq harorat bo‘yicha 1881 yilgi rekord takrorlandi

O‘zbekiston meterologiya markazi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 9 iyun kuni bo‘lib o‘tgan issiq ob-havo iyun oyida qayd qilingan eng yuqori harorat bo‘ldi, deyiladi \"Kun\" nashrida.

Shu bilan birgalikda, Toshkentda harorat +40,5 darajaga etdi va bu orqali 1881 yilgi rekord yangilandi (+40,3 daraja).

Termiz shahrida termometrlar ustuni 9 iyun kuni +44,4 darajaga etdi va 2008 yilgi rekord yangilandi. O‘shanda +43 daraja orqali 1881 yildan buyon eng issiq harorat qayd etilgandi.

Samarqand viloyatida ham yangi temperatura rekordi o‘rnatildi +37,7 daraja. Oldingi rekord 2013 yilda o‘rnatilganda +37,5 daraja.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.