O‘zbekiston OTMlarida hujjat qabul qilish jarayoni boshlandi

O‘zbekiston OTMlarida hujjat qabul qilish jarayoni boshlandi
O‘zbekiston OTMlarida hujjat qabul qilish jarayoni boshlandi

20 iyundan O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalarida abiturientlardan 2016-2017 o‘quv yili uchun hujjat qabul qilish jarayoni boshlandi. Qabul komissiyasi 20 iyulga qadar faoliyat ko‘rasatadi.Bu haqda \"Uz24.uz\" sayti yozmoqda.

Komissiyalar 09:00 dan 18:00 gacha ishlaydi.

Abiturient oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

- ta’lim yo‘nalishi, o‘qitish tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
- o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;
- 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
- fuqarolik pasporti nusxasi;
- 3,5×4,5 sm o‘lchamdagi 6 dona fotosurat;
- xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g‘oliblari o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasi;
- muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abiturientning tegishli tavsiyanomasi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.