Ramazon hayiti nomozi vaqtlari e’lon qilindi

Ramazon hayiti nomozi vaqtlari e’lon qilindi
Ramazon hayiti nomozi vaqtlari e’lon qilindi

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Ramazon hayitini nishonlash bo‘yicha qarorni imzolagan edi. Unga ko‘ra, 6 iyul iyun sanasi Ramazon hayitining birinchi kuni, dam olish kuni deb belgilandi.

Bugun, 4 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Respublika bo‘ylab barcha masjidlarda ramazon hayiti nomozlarini o‘qish bo‘yicha rasmiy axborotni e’lon qildi.

Axborotda keltirilishicha, Toshkent shahridagi masjidlarda hayit namozi 2016 yil 6 iyul, chorshanba kuni ertalabki soat 05:15 da o‘qiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda esa taqvimdagi vaqt tafovutlari asosida hududlardagi masjidlar tomonidan e’lon qilinadi.

Manba: Qalampir.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.