Toshkentda 2 avgust kuni havo harorati +36 darajagacha issiq bo‘ladi


O‘zbekistonda 2 avgust, seshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» markazima’lumotiga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, seshanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +10…+15 daraja, Toshkent shahrida +18…+20 daraja, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +18…+23 daraja, qolgan joylarda +25…+27 darajagacha iliq bo‘ladi.
2 avgust kuni kunduzi tog‘li joylarda havo harorati +22…+27 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +30…+35 daraja, Toshkent shahrida +34…+36 daraja, qolgan hududlarda +37…+39 darajagacha issiq bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, 31 iyul kuni Farg‘ona vodiysidagi viloyat markazlari O‘zbekistonning yirik shaharlari orasida eng salqini bo‘ldi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













