O‘zbekistonliklar Navro‘z bayrami munosabati bilan 4 kun dam oladi

O‘zbekistonliklar Navro‘z bayrami munosabati bilan 4 kun dam oladi
O‘zbekistonliklar Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam oladi.

2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi prezident farmoniga muvofiq, ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun 22 mart, juma kuni va olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 23 mart, shanba — qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilangan.

21 mart — payshanba (Navro‘z bayrami);
22 mart — juma (barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
23 mart — shanba (6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
24 mart — yakshanba (odatiy dam olish kuni).

Mehnat kodeksi 187-moddasiga binoan, ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.