O‘zbek-qirg‘iz chegarasining ayrim uchastkalarida dala tekshiruvlari o‘tkazildi


24 29-avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish masalalari bo‘yicha Hukumat delegasiyalarining ishchi guruhlari O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasining ayrim uchastkalarida qo‘shma dala tekshiruvlarini o‘tkazishdi. Bu haqda TIV matbuot xizmatiga asoslanib \"Gazeta.uz\" xabar qildi.
Uchrashuvlar va muzokaralar yakunlariga ko‘ra qo‘shma protokol imzolandi. O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasining o‘tish chizig‘i borasidagi mavjud masalalarga tomonlar uchun maqbul echim topish maqsadida dala tekshiruvlarini davom ettirishga kelishib olindi.
Uchrashuv konstruktiv va xayrixohlik ruhida bo‘lib o‘tdi
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













