ShHT bosh qarorgohida bayroqlar tushirildi

ShHT bosh qarorgohida bayroqlar tushirildi
ShHT bosh qarorgohida bayroqlar tushirildi

Shanxay hamkorlik tashkilotining Pekin shahrida joylashgan asosiy ma’muriy organi — Kotibiyatda O‘zbekiston hukumati va xalqiga hamdardlik va birdamlik bilgisi sifatida tashkilotga a’zo davlatlar bayroqlari tushirildi. Bu haqda ShHT Kotibiyati saytiga asoslanib \"Gazeta.uz\" xabar berdi.

3 sentyabrdan O‘zbekistonda Birinchi Prezident Islom Karimovning vafoti munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qilindi.

«Islom Abdug‘anievich Karimov — suveren O‘zbekiston Respublikasi asoschisi va uning xalq tomonidan saylangan birinchi Prezidentidir. U Shanxay hamkorlik tashkilotining vujudga kelishida ishtirok etganlardan biri edi uning olg‘a rivojlanishida ulkan hissasini qo‘shdi. Tashkilotning yangi turdagi nufuzli va ta’sirli xalqaro birlashmaga aylanishida uning xizmatlari ulkan», — deyiladi ShHT Kotibiyati xabarida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.