Qirg‘iziston delegasiyasi Andijonga do‘stlik safarini uyushtirdi

Qirg‘iziston delegasiyasi Andijonga do‘stlik safarini uyushtirdi
Qirg‘iziston delegasiyasi Andijonga do‘stlik safarini uyushtirdi

1 oktyabr kuni Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Muhammadqali Abulg‘oziev boshchiligidagi delegasiya Andijonga do‘stlik safarini uyushtirdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Qirg‘iziston delegasiyasi Andijonga do‘stlik safarini uyushtirdi

Delegasiya tarkibiga davlat organlari vakillari, madaniyat arboblari, yoshlar — jami 130 kishi kirdi. Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ular orasida O‘sh, Batken va Jalolobod idoralari, TIV, mahalliy o‘zini boshqarish organlari va sport idoralari xodimlari, O‘sh shahri meri Aytmamat Qodirboyev va boshqalar bor edi.

Delegasiya Andijonning Xo‘jaobod tumanidagi «Do‘stlik» chegara postida tantanali kutib olindi.
Qirg‘iziston delegasiyasi Andijonga do‘stlik safarini uyushtirdi

Bir kunlik safar mobaynida mehmonlar diqqatga sazovor erlarda, ta’lim va madaniyat muassasalarida bo‘ldi. Jumladan, ular Bobur bog‘i va muzeyida, Andijon Davlat universitetida, «Do‘stlik uyi» va yaqinda rekonstruksiya qilingan Andijon vokzalida bo‘ldi.

Bundan tashqari, Qirg‘iziston vakillari Andijon qilichbozlik markazida Rio–2016 sovrindorlari bilan uchrashdi, shuningdek, Oltinko‘l tumanida namunali loyihalar asosida qurilgan uy-joy komplekslari bilan tanishib chiqdi, Asaka tumanidagi GM Uzbekistan zavodiga tashrif buyurdi.

Tashrif tantanali qabul va konsert bilan yakunlandi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning Farg‘ona va Namangan viloyatlari vakillari ham ishtirok etdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.