Abdulaziz Kamilov “Markaziy Osiyo – Evropa Ittifoqi” mintaqalararo uchrashuvida ishtirok etdi

Abdulaziz Kamilov “Markaziy Osiyo – Evropa Ittifoqi” mintaqalararo uchrashuvida ishtirok etdi
Abdulaziz Kamilov “Markaziy Osiyo – Evropa Ittifoqi” mintaqalararo uchrashuvida ishtirok etdi

Kecha, 4 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegasiya Bryussel shahrida “Markaziy Osiyo – Evropa Ittifoqi” shaklidagi mintaqalararo uchrashuvda ishtirok etdi. Bu haqda \"Qalampir\" xabar bermoqda.

Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Evroittifoqning tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan iqtisodiy rivojlanishning turli jabhalariga urg‘u bergan holda hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Yalpi majlis doirasida hamda boshqa shakllarda mintaqaviy va xalqaro muammolar, xavfsizlik va ekstremizmga qarshi kurash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.