Sergelida metro qurilishi joriy yildan boshlanadi

Sergelida metro qurilishi joriy yildan boshlanadi
Sergelida metro qurilishi joriy yildan boshlanadi

Toshkentda «Olmazar» metro stansiyasidan Sergeli tumanining «Yo‘ldosh» mavzesiga qadar davom etadigan er usti metro tarmog‘i qurilishi to‘rt yil davom etadi. Bu haqda chorshanba kuni Sergeli tuman hokimi Furqat Maqsudxo‘jaev matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Poytaxt metropolitenining Chilonzor yo‘nalishi davomi qurilishini loyihalashtirishni tezlashtirish vazifasi O‘zbekiston Prezidenti v. b. Shavkat Mirziyoyevning 25 sentyabrda tumanga tashrifi chog‘ida qo‘yilgan edi.
Sergelida metro qurilishi joriy yildan boshlanadi

Furqat Maqsudxo‘jaevning aniqlik kiritishicha, yangi yo‘nalish uzunligi 8 km ni tashkil etib, unda oltita stansiya faoliyat ko‘rsatadi. Tarmoqning 6 kilometri er ustida joylashadi.

Yo‘nalish Choshtepa, Mirzo Tursunzoda va Qipchoq ko‘chalari bo‘ylab «Yuldosh» mavzesidagi Marli ko‘chasiga qadar davom etadi. Qurilish ishlari joriy yilda loyiha ishlanmasi yakunlanishi bilanoq boshlanadi.
Sergelida metro qurilishi joriy yildan boshlanadi

Tuman hokimining qo‘shimcha qilishicha, bir vaqtning o‘zida Qipchoq ko‘chasida Toshkent halqa avtomobil yo‘liga olib chiquvchi temir yo‘l o‘tkazgichi bo‘lgan 12-qatorli 10 kilometrlik yangi avtomobil yo‘li qurilishi ham boshlanadi.

Manba: Gazeta.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.