Farg‘onada harbiy vertolyot qulab tushishi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi

Farg‘onada harbiy vertolyot qulab tushishi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi
Farg‘onada harbiy vertolyot qulab tushishi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi

2016 yilning 18 oktyabr kuni Farg‘ona viloyati hududida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining reja asosida parvoz qilgan Mi-171 vertolyoti halokatga uchradi. Halokat oqibatida 3 ekipaj a’zosi va vertolyotda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 6 harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Bu haqda «Kun» nashri xabar berdi.

Vazirlik matbuot xizmatining ma’lumot berishicha, aviahalokat sabablarini tekshirish bo‘yicha maxsus komissiya tashkil etilgan.

«O‘zbekiston rahbariyati halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi», deyilgan xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.