Chilonzor tumanida goʻzallik saloni yondi

Chilonzor tumanida goʻzallik saloni yondi
Toshkent shahar FVV matbuot xizmati xabar berishicha, joriy yilning 13-yanvar kuni soat 13:53 da Chilonzor tumanidagi Kichik halqa yoʻli koʻchasida joylashgan goʻzallik salonida yongʻin chiqqanligi haqida xabar kelib tushgan.

Hodisa joyiga 9 daqiqada etib kelgan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari zudlik bilan yongʻinni oʻchirishga kirishgan. Qisqa fursat ichida yongʻin lokallashtirilib, soat 14:10 da toʻliq bartaraf etilgan.

Hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan. Yongʻinning kelib chiqish sabablari hozirda oʻrganilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Samarqandda sifatsiz alkogol iste'moli sabab 5 kishi halok boʻlgani haqida xabar berilgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.