21 mart kuni Yulduz Usmonova Toshkentda konsert qo‘yadi


2015 yilning 21 mart kuni o‘zbek estradasining taniqli namoyandasi Yulduz Usmonova Toshkentdagi April restoranida konsert dasturi uyushtiradi. Bu ma’lumotni restoran ma’muriyatidagi manba xabar bergan.
Ma’lum bo‘lishicha, bayramona konsert kechasi chiptalari narxi 100-250 ming so‘m atrofida bo‘ladi. Chipta narxiga mehmonlar uchun yoziladigan bayramona dasturxon bahosi ham kiradi.
Yulduz Usmonova ijrosidagi qo‘shiqlardan tashqari, kecha mehmonlari maxsus shou-dasturdan bahramand bo‘lishlari va Navro‘z taomi – sumalakning tayyorlanishida ishtirok etishlari aytilmoqda.
Manba: www.kun.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













