Shavkat Mirziyoyev mudofaa tizimini kuchaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi

Shavkat Mirziyoyev mudofaa tizimini kuchaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 fevral kuni Mudofaa sanoati agentligining Innovatsion texnologiyalar markaziga tashrif buyurib, bu erdagi ishlab chiqarish quvvatlari, ilgʻor ishlanmalar, harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar bilan tanishdi.
Shavkat Mirziyoyev mudofaa tizimini kuchaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi
Mazkur Innovatsion texnologiyalar markazida 80 ga yaqin harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, robototexnika va uchuvchisiz apparatlar boʻyicha startap loyihalari qoʻllab-quvvatlanmoqda.
Shavkat Mirziyoyev mudofaa tizimini kuchaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi
Tashrif chogʻida harbiy texnikaning yangi namunalari, mudofaa sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha istiqbolli loyiha va rejalar taqdimot qilindi.
Shavkat Mirziyoyev mudofaa tizimini kuchaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi
Davlat rahbari bu birinchi qadamlar boʻlganini aytib, mudofaa tizimining raqobatbardoshligini oshirib borish boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Ishlab chiqarishni muntazam takomillashtirib, yangi mahsulotlarni oʻzlashtirish, bunda innovatsion texnologiyalar va sun'iy intellektdan keng foydalanish muhimligi ta'kidlandi.
Shavkat Mirziyoyev mudofaa tizimini kuchaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi
Shu bilan birga, buyurtma asosida sohaga xususiy sektorni kengroq jalb etib, harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulot turlarini koʻpaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi. Yangi ish oʻrinlari yaratish, mutaxassislarni tizimli tayyorlash, yangi texnikalar boʻyicha ilmiy laboratoriyalar tashkil etish masalalariga e'tibor qaratildi.
Shavkat Mirziyoyev mudofaa tizimini kuchaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi
Oʻzbekiston mudofaa sanoati korxonalari xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazmalarda faol ishtirok etmoqda. Xususan, joriy yilning 17-21 fevral kunlari Abu-Dabi shahrida (BAA) boʻlib oʻtayotgan IDEX-2025 koʻrgazmasida mamlakatda ishlab chiqarilgan 100 dan ortiq harbiy texnika va mahsulotlar namunalari namoyish etilmoqda. Xorijiy hamkorlarda katta qiziqish uygʻotgan \"Arslon 8×8\" va \"Arslon 6×6\" zirhli transportyorlar, \"Toʻfon\" oʻziyurar gaubitsasi shular jumlasidan.
Shavkat Mirziyoyev mudofaa tizimini kuchaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi
Tashrif yakunida prezident mudofaa sanoatini yanada rivojlantirishning strategik yoʻnalishlarini koʻrsatib, mutasaddilar oldiga mahsulotlarning yuqori sifatini ta'minlash, ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish va mahalliy korxonalarning xalqaro bozordagi oʻrnini mustahkamlash yuzasidan aniq vazifalar qoʻydi.
Shavkat Mirziyoyev mudofaa tizimini kuchaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.