Maktablarda dars berayotgan oʻqituvchilarning umumiy soni ma'lum qilindi

Maktablarda dars berayotgan oʻqituvchilarning umumiy soni ma'lum qilindi
Statistika agentligi ma'lumotlariga koʻra, 2024/2025 oʻquv yili boshida Oʻzbekistondagi umumiy oʻrta ta'lim maktablarida ta'lim berayotgan oʻqituvchilarning (oʻrindoshlarsiz) umumiy soni 564,9 ming nafarni tashkil etgan.

Bu koʻrsatkich 2019/2020 oʻquv yili boshiga nisbatan solishtirilganda 78,3 ming nafarga oshgan.

Yillar kesimida umumiy oʻrta ta'lim tashkilotlarida ta'lim berayotgan oʻqituvchilar (oʻrindoshlarsiz) soni:

● 2019/2020 oʻquv yili boshiga 486,6 ming nafar;
● 2020/2021 oʻquv yili boshiga 508,2 ming nafar;
● 2021/2022 oʻquv yili boshiga 510,0 ming nafar;
● 2022/2023 oʻquv yili boshiga 521,6 ming nafar;
● 2023/2024 oʻquv yili boshiga 547,7 ming nafar;
● 2024/2025 oʻquv yili boshiga 564,9 ming nafar.

Ma'lumot uchun, 2024/2025 oʻquv yili boshiga faoliyat yuritayotgan umumta'lim muassasalari soni 10 943 tani tashkil etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.