Toshkentda 13 noyabr kuni havo harorati +20 darajagacha ko‘tariladi


O‘zbekistonda 13 noyabr, yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 13 noyabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati 0…+5 daraja, Toshkent shahrida +5…+7 daraja, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +3…+8 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +5…+10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Yakshanba kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +10…+15 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +12…+17 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +13…+18 daraja, Buxoro va Navoiy viloyatlarida +14…+19 daraja, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida +15…+20 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +18…+23 darajagacha iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













