O‘zbekistonda kuchli magnit bo‘roni kuzatildi

O‘zbekistonda kuchli magnit bo‘roni kuzatildi
5-aprel kuni O‘zbekistonda kuchli “oranj” darajadagi magnit bo‘roni qayd etildi, deb nova24.uz yozmoqda. Meteonova ma’lumotlariga ko‘ra, ertalab soat 8:00 da geomagnit faollik 5 ball darajaga yetgan. Soat 11:00 ga yaqin u 4 ballgacha pasayadi, 20:00 atrofida esa normallashishi kutilmoqda.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bunday bo‘ronlar yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi muammolari, qandli diabet, bronxial astma kabi xastaliklarga ega fuqarolarga ko‘proq ta’sir qiladi. Shuningdek, ob-havoga sezuvchan insonlar bosh og‘rig‘i, holsizlik va boshqa meteopat alomatlarini his qilishlari mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.