Buxorodagi nonvoy 156 million so‘mlik tokni o‘g‘irlagani aniqlandi

Buxorodagi nonvoy 156 million so‘mlik tokni o‘g‘irlagani aniqlandi
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida faoliyat yurituvchi bir nonvoy elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlatga katta miqdorda zarar yetkazgani aniqlandi, deb \"Upl.uz\" xabar berdi.

\"Uzenergoinspeksiya\" matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, viloyat prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan reyd davomida fuqaroning nonvoyxonasida barcha elektr uskunalari hisoblagichdan chetda tarmoqqa ulangan holda ishlatilgani fosh etilgan.

Elektr energiyasi tijorat maqsadlarida ishlatilgan va bu orqali 155,8 million so‘mlik zarar keltirilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan hujjatlar viloyat prokuraturasiga topshirilib, fuqaro qonuniy javobgarlikka tortilishi uchun ish yurituviga olindi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.