O‘zbekistonda boj olinmaydigan tovar limiti kamaydi

O‘zbekistonda boj olinmaydigan tovar limiti kamaydi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1-maydan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan mamlakatga boj to‘lamasdan olib kiriladigan tovarlar miqdorini kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb xabar berdi UPL.uz.

Yangi tartibga ko‘ra, 1-maydan boshlab boj olinmaydigan tovarlar quyidagi hajmlarda olib kirilishi mumkin:
• aeroport orqali — 1 000 dollargacha (avval 2 000 dollar edi);
• poyezd orqali — 500 dollargacha (avval 1 000 dollar);
• mashina yoki piyoda — 300 dollargacha;
• kuryerlik xizmatlari orqali — oyiga 200 dollar (ilgari chorakda 1 000 dollar);
• pochta orqali — 100 dollar.

Shuningdek, 20-iyuldan boshlab boj to‘lanmasdan kiritiladigan mahsulotlardan foydalanish uchun chet elda minimal muddat qolish talabi joriy qilinadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.