Oliy darajadagi mehmonni prezident Mirziyoyevning o‘zi kutib oldi

Oliy darajadagi mehmonni prezident Mirziyoyevning o‘zi kutib oldi
Turkmaniston Xalq maslahati raisi, turkman xalqi milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov rasmiy tashrif bilan 23 aprel kuni O‘zbekistonga keldi. Mehmonni Samarqanddagi xalqaro aeroportda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tantanali ravishda kutib oldi.

Aeroport an’anaga muvofiq ikki mamlakatning davlat bayroqlari bilan bezatilgan holda tayyorlangan, munosabatlarga xos samimiy muhit hukm surayotgani ko‘zga tashlandi.
Oliy darajadagi mehmonni prezident Mirziyoyevning o‘zi kutib oldi
Oliy darajadagi mehmonni prezident Mirziyoyevning o‘zi kutib oldi
Tashrifning maqsadi — qo‘shnichilik va do‘stlikni yanada chuqurlashtirish

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, turkman delegatsiyasi tashrifi doirasida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkaziladi. Suhbatlarda:
- O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar,
- Yaxshi qo‘shnichilik asoslari,
- Strategik sheriklikni kengaytirish,
- kabi masalalar atroflicha muhokama qilinadi.
Oliy darajadagi mehmonni prezident Mirziyoyevning o‘zi kutib oldi
Oliy darajadagi mehmonni prezident Mirziyoyevning o‘zi kutib oldi
Madaniy tadbirlar ham kun tartibida

Tashrif doirasida faqat rasmiy uchrashuvlar emas, balki madaniy-ijtimoiy dasturlar ham rejalashtirilgan. Berdimuhamedov va Mirziyoyev Samarqandning tarixiy va madaniy obidalari bilan tanishish, shuningdek, san’at namoyishlari va xalq an’analarini ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi.
Oliy darajadagi mehmonni prezident Mirziyoyevning o‘zi kutib oldi
Oliy darajadagi mehmonni prezident Mirziyoyevning o‘zi kutib oldi
O‘zaro munosabatlarda yangi bosqich boshlanyaptimi?

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda faol rivojlanmoqda. Iqtisod, energetika, transport va madaniyat sohalaridagi hamkorlik aloqalari yanada faollashib bormoqda. Mazkur tashrif esa bu aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.
Oliy darajadagi mehmonni prezident Mirziyoyevning o‘zi kutib oldi
Oliy darajadagi mehmonni prezident Mirziyoyevning o‘zi kutib oldi
Oliy darajadagi mehmonni prezident Mirziyoyevning o‘zi kutib oldi
Siz nima deb o‘ylaysiz — Turkmaniston bilan qo‘shnichilik munosabatlarining qaysi yo‘nalishlariga e’tibor qaratish kerak?
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.