Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidentiga maktub yo‘lladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Hindiston respublikasi prezidenti Pranab Kumar Mukerjiga maktub yo‘lladi.
Maktub Hindistonning Uttar-Praedsh shtati Kanpur shahrida yuz bergan temir yo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlarning nobud bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan yo‘llandi.
Davlat rahbari chuqur ta’ziya izhor etib, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jabrlanganlarga samimiy hamdardlik tuyg‘ularini etkazib qo‘yishni so‘radi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













