Toshkent viloyatida «Vatanparvar» harbiy-patriotik bog‘i quriladi

Toshkent viloyatida «Vatanparvar» harbiy-patriotik bog‘i quriladi
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev 2025-yil 5-may kuni «Vatanparvar» nomli yangi harbiy-patriotik bog‘ qurilishi uchun davlat budjeti hisobidan milliardlab so‘m ajratdi, deb xabar berdi Nova24.uz.

Ushbu bog‘ «Nurofshon Business City» hududida barpo etiladi. Qurilish uchun viloyat budjetiga respublika budjeti hisobidan ajratilgan kredit mablag‘lari orqali 5 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Bog‘ qurilishi uchun mas\'uliyat viloyat hokimligi huzuridagi biznes-markazlar qurilishi direksiyasiga yuklatilgan. Mablag‘lar maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazorat viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Otabek Tursunovga topshirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.