Shavkat Mirziyoyevning Sloveniyaga tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning Sloveniyaga tashrifi yakunlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Sloveniyaga rasmiy tashrifi yakuniga yetdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

So‘nggi 20 yil ichida birinchi O‘zbekiston-Sloveniya sammiti ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi bosqichni boshlab berdi.
Shavkat Mirziyoyevning Sloveniyaga tashrifi yakunlandi
Tashrif doirasida Sloveniya prezidenti Natasha Pirs Musar, bosh vaziri Robert Golob va Milliy assambleyasi raisi Urshka Klakochar-Zupanchich bilan sermazmun muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyevning Sloveniyaga tashrifi yakunlandi
Tomonlar siyosat, iqtisodiyot, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, ekologiya, madaniyat, turizm va ta’lim sohalarini qamrab olgan keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildi.
Shavkat Mirziyoyevning Sloveniyaga tashrifi yakunlandi
Qo‘shma bayonot, shuningdek, ustuvor yo‘nalishlarda erishilgan kelishuvlarni mustahkamlab qo‘ygan hukumatlararo va idoralararo bitimlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi.
Shavkat Mirziyoyevning Sloveniyaga tashrifi yakunlandi
Tashrif yakunida davlat rahbarlari va ikki mamlakatning 100 ga yaqin yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida O‘zbekiston-Sloveniya biznes forumi bo‘lib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyevning Sloveniyaga tashrifi yakunlandi
Lyublyana xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni ichki ishlar vaziri Boshtyan Poklukar va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.