11-sinf bitiruvchilari soni rekord darajaga yetdi

11-sinf bitiruvchilari soni rekord darajaga yetdi
Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilida barcha mulkchilik shaklidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini 11-sinfini tamomlashi kutilayotgan o‘quvchilar soni 455,2 ming nafarga yetgan. Ushbu ko‘rsatkichda 243,1 ming nafarini qizlar tashkil etadi.

Jami 11-sinf bitiruvchilari soni 2023/2024 o‘quv yili bilan taqqoslaganda 49,2 ming nafarga yoki 12,1 foizga oshgani qayd etildi.

Hududlar kesimida eng ko‘p bitiruvchi quyidagi joylarda qayd etildi:
1. Samarqand viloyati – 51 875 nafar
2. Farg‘ona viloyati – 47 068 nafar
3. Qashqadaryo viloyati – 44 670 nafar
4. Toshkent shahri – 41 132 nafar

Shu bilan birga, bitiruvchilar soni nisbatan kamroq bo‘lgan hududlar quyidagilar:
1. Sirdaryo viloyati – 11 105 nafar
2. Navoiy viloyati – 13 427 nafar
3. Jizzax viloyati – 18 367 nafar

Qo‘shimcha ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich yildan-yilga ortib bormoqda. Shu sababli, 2025 yilda O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini tamomlayotgan o‘quvchilar soni tarixiy ko‘rsatkichga yetgani aytildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.