O‘zbekiston 4 oyda 3,1 ming tonna bodring eksport qildi

O‘zbekiston 4 oyda 3,1 ming tonna bodring eksport qildi
O‘zbekiston 2025 yilning dastlabki to‘rt oyida 3,1 ming tonna bodring eksport qildi, deb Upl.uz xabar berdi.
Eksport qiymati 3,3 million AQSh dollariga (taxminan 41 milliard so‘m) teng bo‘ldi.

Eng ko‘p bodring eksport qilingan davlatlar:
• Rossiya — 2 013 tonna
• Qirg‘iziston — 609 tonna
• Qozog‘iston — 453 tonna
• Boshqa davlatlar — 25 tonna

Eksport hajmining oshishi O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligidagi yutuqlari va xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini ko‘rsatmoqda. Bu valyuta tushumlari ortishiga va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga yordam bermoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.