Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi departamentning ikki rahbari ishdan ketdi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi departamentning ikki rahbari ishdan ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining tegishli farmoyishiga muvofiq, qator rahbar kadrlar o‘z arizalari asosida lavozimlaridan ozod etildi.

Xususan, Adliya katta maslahatchisi Inoyat Rahmatullayevich Shukurov shaxsan o‘z xohishiga ko‘ra bergan arizasiga asosan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasidan ozod qilindi. U shuningdek, ushbu departament tizimidagi lavozimidan ham bo‘shatildi.

Shuningdek, Adliya katta maslahatchisi Muhammadjon Nabijonovich Ruzmatov ham o‘z xohishiga ko‘ra bergan arizasiga asosan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi. U ham departament tizimidagi ishidan ozod etildi.

Mazkur kadr o‘zgarishlari yuqori rahbariyatdagi shaxsiy qarorlar asosida amalga oshirildi. Hozirda ushbu lavozimlarga yangi nomzodlarni tanlash bo‘yicha tegishli tartibda ishlar olib borilayotgani taxmin qilinmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.