O‘zbekiston Prezident saylovida ovoz berganlar soni 85 foizga etdi

O‘zbekiston Prezident saylovida ovoz berganlar soni 85 foizga etdi
O‘zbekiston Prezident saylovida ovoz berganlar soni 85 foizga etdi

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi (MSK)ga 29 mart, yakshanba kuni soat 6:00da boshlangan ovoz berish jarayoni haqidagi ma’lumotlar onlayn rejimida kelib tushmoqda.

Soat 17:00gacha saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 798 ming 52 saylovchining 85,2 foizdan ortig‘i (17,728 million kishi) ovoz berdi. Bu haqda MSK raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov Toshkentdagi saylovni yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Avvalroq, 10:00 holatiga ko‘ra saylovchilarning 36,55 foizi, 10:30 holatiga ko‘ra esa, 37 foizdan ortig‘i ovoz berib bo‘lgani, shu bois “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 35-moddasiga ko‘ra Prezident saylovi o‘tgan, deb hisoblanadi.

Qayd etish joiz, saylovda O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodlarning barchasi ishtirok etib ulgurdi.

Manba: www.kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.