Andijon–Toshkent poezdining oynasini tosh otib sindirgan bolalarning ota-onasi jazolandi

Andijon–Toshkent poezdining oynasini tosh otib sindirgan bolalarning ota-onasi jazolandi
Andijon–Toshkent poezdining oynasini tosh otib sindirgan bolalarning ota-onasi jazolandi

2016 yilning 2 oktyabr kuni Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida yashovchi 10 yoshli A.Tursunov va A.Qurbonov sentyabr oyidan qatnay boshlagan Andijon–Toshkent yo‘nalishidagi poezd oynasiga tosh otib, uni sindirgan. Bu haqda «1news.uz» nashriga asoslanib, «Daryo» xabar bermoqda.

Poezdni toshbo‘ron qilish holati Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston, Qo‘shtepa, Oltiariq tumanlarida ham qayd etilgan. Mazkur holatlar yuzasidan bolalarning ota-onalariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga ko‘ra jarima solingan.

Bundan tashqari, etkazilgan zararni ota-onalardan undirish bo‘yicha da’vo kiritilgani ta’kidlanmoqda. Ma’lum qilinishicha, yo‘lovchi poezd vagonining bitta oynasi 5 million so‘mdan ortiq turadi.

Xabarda ta’kidlanishicha, Farg‘ona viloyati xalq ta’lim boshqarmasi rahbari Z.Teshaboyev o‘quvchilar tomonidan bunday salbiy harakatlar sodir etilmasligi uchun maktab dasturiga bu borada qo‘shimcha dars kiritish lozimligini aytgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.