Islom sivilizatsiyasi markazida yong‘in sodir bo‘ldi (Video)

Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida yong‘in sodir bo‘ldi, deb Kursiv.media xabar berdi. Hodisa haqida tezkor ravishda xabar berilib, o‘t o‘chiruvchilar markazga yetib kelgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in qisqa vaqt ichida nazoratga olingan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda, jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.
Markaz rahbariyati va shahar hokimligi hodisa yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Ularning aytishicha, binoning asosiy qismida katta zarar kuzatilmagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













