O‘zbekistonda etnik qazoqlar soni aniqlandi

O‘zbekistonda etnik qazoqlar soni aniqlandi

Qozog‘iston Parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbayev O‘zbekistonda 800 mingdan ortiq etnik qozoqlar yashashini ma’lum qildi, deb Kursiv xabar berdi. Unga ko‘ra, qo‘shni mamlakatdagi qozoq jamoasini qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda.

Shu bilan birga, Ashimbayev Qozog‘istonda 600 mingdan ziyod o‘zbeklar istiqomat qilayotganini qayd etdi. Ular uchun o‘zbek tilini o‘rganish, madaniyatni rivojlantirish va an’analarni asrashga sharoitlar yaratilgan.

Qozog‘istonda o‘zbek tilida faoliyat yurituvchi maktablar, teatrlar, adabiy to‘garaklar va OAV mavjud. O‘zbekistonda esa qozoq diasporasiga o‘xshash ko‘mak ko‘rsatiladi, Respublika qozoq madaniy markazi faoliyat yuritadi. Shuningdek, qozoq tilini o‘rganish va xalq an’analarini asrash dasturlari amalga oshirilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.