Surxondaryo sabzavot yetishtirish bo‘yicha peshqadam bo‘ldi

Surxondaryo sabzavot yetishtirish bo‘yicha peshqadam bo‘ldi

2025 yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston bo‘ylab 3,8 mln tonna sabzavot yig‘ib olindi, deb Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Sabzavot yetishtirish bo‘yicha Surxondaryo viloyati peshqadam bo‘ldi — bu hududda qariyb 720 ming tonna hosil yig‘ildi. Ikkinchi o‘rinda Andijon viloyati (671 ming tonna), uchinchi o‘rinda esa Farg‘ona viloyati (512 ming tonna) qayd etildi.

Eng kam sabzavot Jizzax viloyatida (64 ming tonna) va Qoraqalpog‘istonda (60 ming tonna) yetishtirilgan. Qolgan hududlarda esa hosil miqdori o‘rtacha 76 ming tondan 375 ming tonnagacha bo‘lgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.