Iordaniya podshohi O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi

Mamlakatga davlat tashrifi dasturi doirasida Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida mahalliy ishlab chiqarilayotgan eksportbop mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdi.
Iordaniya podshohi O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi
Iordaniya podshohi O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi
Samarqand shahridagi Kongress markazida xorijiy bozorlar uchun xalqaro standartlarga javob beradigan keng turdagi yuqori sifatli mahsulotlar ko‘rgazmaga qo‘yilgan.
Iordaniya podshohi O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi
Iordaniya podshohi O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi
Oliy martabali mehmonga tog‘-kon, farmatsevtika, kimyo, to‘qimachilik, zargarlik sanoati, qishloq xo‘jaligi va axborot texnologiyalari kabi sohalardagi texnologik bosqichlar, ishlab chiqarish quvvatlari, innovatsiyalar va qo‘llanilayotgan eng ilg‘or uskunalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Iordaniya podshohi O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi
Iordaniya podshohi O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi
Ekspozitsiyadan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor sanoat mahsulotlari namunalari: dori vositalari, tibbiy asbob-uskunalar, mineral o‘g‘itlar, to‘qimachilik, trikotaj va zargarlik buyumlari, hunarmandchilik mahsulotlari, IT yechimlari va boshqalar o‘rin olgan.
Iordaniya podshohi O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi
Iordaniya podshohi O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi
Iordaniya yetakchisi O‘zbekiston mahsulotlari va sanoat salohiyatini yuksak baholadi. Davlat rahbarlari yetakchi korxonalar kooperatsiyasini kengaytirish, o‘zaro tajriba almashish va texnologiyalar transferini amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.